Шахзода — Men o’sha

Слушать Шахзода — Men o’sha

Текст Шахзода — Men o’sha

Armonda yolg‘izman endi, qara,
O‘ylanib yasharman kunlar sanab,
Yolg‘izim, yagonam sen, derding,
Qalbimda qoldirding bitmas yara.

Ko‘zlarim izlaydi seni hamon,
“Qayta ko‘rarmanmi?”, deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.

Axir men o‘sha – baxtim izlagan,
Men o‘sha – topib ayrilgan,
Men o‘sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o‘sha – seni sog‘ingan,
Men o‘sha – qalbi bo‘lingan,
Men o‘sha – sevib yo‘qotgan men,
Baxt izlagan men.

Sevgimiz manzillarida yolg‘iz,
Umidvor kutarman seni, esiz.
O‘zimdan kechib, bir seni sevib,
Suyanganimda qoldimmi sensiz?

Ko‘zlarim izlaydi seni hamon,
“Qayta ko‘rarmanmi?”, deya har on.
Hayotimga nogoh kirib kelding,
Naqadar baxtli edim senla, ishon.

Axir men o‘sha – baxtim izlagan,
Men o‘sha – topib ayrilgan,
Men o‘sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o‘sha… Men o‘sha…
Men o‘sha… Baxt izlagan men…

Axir men o‘sha – baxtim izlagan,
Men o‘sha – topib ayrilgan,
Men o‘sha – taqdirga tan bergan men.

Axir men o‘sha – seni sog‘ingan,
Men o‘sha – qalbi bo‘lingan,
Men o‘sha – sevib yo‘qotgan men,
Baxt izlagan men.