Шахзода — Kuyov va kelinchak

Смотреть Шахзода — Kuyov va kelinchak

Текст Шахзода — Kuyov va kelinchak

Yuzda quvonch, dilda ishonch,
Yaxshi niyat ila qo‘lingni och.
Abadiy muhabbat hadya etsin,
Dildoshim.

Yuzda kular nurli kunlar,
Hamrohingiz bo‘lsin baxtli tunlar.
Hech qachon go‘zallik tark etmasin,
Sirdoshim.

Kuyov va kelinchak,
Baxt bo‘lsin belanchak,
Baxtingizga hech ham ko‘z tegmasin,
Kuyov-kelinchak.

Baxtingizdan taralsin ishq nafasi,
Ko‘rganlarning kelsin sizga havasi,
Mangu birga bo‘ling, baxtli yuring,
Nurga to‘lsin muhabbat.

Dunyo kular, nurli yo‘llar,
Shirin baxtga yetkazsin manzillar.
Ko‘zingizdagi shodliklar sizni
Tark etmasin.

Ko‘ngil abad shod-u xursand,
Hadya etsin Tangrim shirin farzand,
Yuzingizdagi go‘zal yog‘du hech
Ketmasin.

Kuyov va kelinchak,
Baxt bo‘lsin belanchak,
Baxtingizga hech ham ko‘z tegmasin,
Kuyov-kelinchak.

Baxtingizdan taralsin ishq nafasi,
Ko‘rganlarning kelsin sizga havasi,
Mangu birga bo‘ling, baxtli yuring,
Nurga to‘lsin muhabbat. (x1+x1)

Kuyov va kelinchak,
Baxt bo‘lsin belanchak,
Baxtingizga hech ham ko‘z tegmasin,
Kuyov-kelinchak.

Kuyov va kelinchak…