Шахзода & Божалар — Bayram

Слушать Шахзода & Божалар — Bayram

Текст Шахзода & Божалар — Bayram

Ve-ey onasi, bugun bolalar bilan
choyxonam bor, bo`pti sanga.

Kechagi kun bo`ldi og`ir,
Tashvish, muammolardan tugadiku sabr.
Javlon, Ahmad, Odil, eski joyga yig`il,
Bugun bazm qilib, qilamiz-a hazil.

To`xta bir pas, axir bu nimasi?
Qayerlarga ketmoqchisan yarim kechasi?
Nima bo`ladi rejadagi kechki ovqat?
Kutib o`tirgan edim, voy, necha soat!

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ishga yugur,
Ro`zg`orga harajatni yetkazib tur.

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ko`cha supur,
Bolalarga qarab, ovqat tayyorlab tur.

Bolalaringizga qarang, o`zizga
o`xshagan juda ham qaysar.

Ha endi, olmani tagiga olma tushadi-de, va-a-a.

Voy yo`q, hali shunaqami,
Ayol kishi faqat uyda qolib ketar ekanmi?
Hali, Mali, Nasi, qizlarga qil ovoza,
Bugun bizlarni kutadi “Samarqand darvoza”.

Sakson, to`qson musiqaga chalsin,
Faqat bir kunga to`gri tushungin onasi.
Bugun tantana, diskokach yana,
Xotin, bola-chaqa, kutvottiku boshpana.

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ishga yugur,
Ro`zg`orga harajatni yetkazib tur.

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ko`cha supur,
Bolalarga qarab, ovqat tayyorlab tur.

Kechagi tun qanday o`tdi?
Uyga qanday yetib keldim, boshim qotdi.
Qarasam, onasi qoshlarin chimirgan,
Aniq bilaman, mandan arazlagan.

Voy stop, eshit, malohat,
Hech qachon, bilib qo`y, qilmayman xiyonat.
San manga vafoli, man sanga vafoli,
Kecha shunaqa bo`lib qoldide endi, ha nima qilay?

Stop-stop, bo`ldi, manga keldi navbat,
Dugonalarim bilan ko`chada sayohat.
Farzandlarimiz vaqtida yesin ovqat,
Bir kungina telefon qilmay turing faqat.

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ishga yugur,
Ro`zg`orga harajatni yetkazib tur.

Qoralama, faqat bir kun bayram,
Nima bo`pti bir marta olsak dam?
Ertalab tur, ko`cha supur,
Bolalarga qarab, ovqat tayyorlab tur.