Шахзода — Ayrilamiz

Слушать Шахзода — Ayrilamiz

Текст Шахзода — Ayrilamiz

Yurgan bu yo‘lim,
Har bosgan qadamim
O‘z so‘zimga bo‘ysunmas.
Ko‘zlarimni ochib
Atrofimga boqsam,
Go‘yo hech narsa ko‘rinmas.

Bilaman, men bugun
So‘nggi bor ko‘rish uchun
Sening oldingga boraman.
Ich-ichimdan yonib,
Umidlarga to‘lib
Ko‘zlaringga bir boqaman.

Mana, bugun ayrilamiz, yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga.
Negadir men so‘zlaringda, ko‘zlaringda
Afsuslar hech ko‘rmayapman.

Tonglar uyg‘onsam ham,
Qayg‘uga botsam ham
Faqat seni sog‘inaman.
Sensan xayolimda,
Har o‘tar kunimda,
Bir seni o‘ylab yashayman.

Bilaman, men bugun
So‘nggi bor ko‘rish uchun
Sening oldingga boraman.
Ich-ichimdan yonib,
Umidlarga to‘lib
Ko‘zlaringga bir boqaman.

Mana, bugun ayrilamiz, yengilamiz
Taqdirning bir sinoviga.
Negadir men so‘zlaringda, ko‘zlaringda
Afsuslar hech ko‘rmayapman.

Bilaman, men bugun
So‘nggi bor ko‘rish uchun
Sening oldingga boraman…