Jaloliddin Ahmadaliyev — Tuproq bo’lasan

Слушать Jaloliddin Ahmadaliyev — Tuproq bo’lasan

Текст Jaloliddin Ahmadaliyev — Tuproq bo’lasan

Kerilma ketguchi ko’rkam savlating
Dovrig’ing shuhrating moling davlating
Ajalga hech kimsan kelsa navbating
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Kun kelib tark etar bilagingni kuch
Joningga har qadam dardlar kelar duch
Ey o’zin zo’r bilgan bilsang bir hovuch
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Tulporda yursangda yursangda yayov
Ersangda mushtumzo’r yo sodda bayov
Bu dunyo besh kunlik hech qilmas ayov
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Bu dunyo besh kunlik hech qilmas ayov
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Bu dunyo dalloli aldamchi bozor
Ayt kimni quchmagan tuynuksiz mozor
Bu dunyo dalloli aldamchi bozor
Ayt kimni quchmagan tuynuksiz mozor
Qo’y buncha kuyinma qo’y chekma ozor
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Ishq dilga Olloddan etilgan ehson
Suy-suyil jismingni yot etguchi jon
Baxtli bo’l baxtli et omonat har on
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Kerilma ketguchi ko’rkam savlating
Dovrig’ing shuhrating moling davlating
Ajalga hech kimsan kelsa navbating
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan
Tuproqdan bo’lgansan tuproq bo’lasan