Dior — Yo’l suxbati
Слушать Dior — Yo’l suxbati
Текст Dior — Yo’l suxbati
Hayot sanda zo’r bo’lsa,
Dushman charxlarkan pichoqni olar,
Bozordan nevarasiga olar o’yinchoqlar.
Baxt-quvonchga to’lsa, jigarlaring ko’zi hasad,
Yov bo’lish o’rniga avjiga chiqvottiku hozir.
Toychoq chiqdi “mapkatka”dan, tabrikliman “bratka”,
Yetmishdan oshirmagin, nechidir ham “minimalka”.
Ana “margat” qivotti sanga orqadan o’rtoq,
Manimcha shoshilvotti “shumaxer”, o’tkizvora qol.
Bizlar o’ngga qayrilamiz, “most”ning tagidan o’tamiz,
Raqamlar bilan sayraydigan kapalaklarni ko’ramiz.
Orasida bizlarga tanish bo’ganlar bor ekan, qara,
O’qishdan keyin qo’shimchaga qoladiganlar.
Anu bilan yoshlikda birga o’sgandik, yo’q bo’lib qoldi,
Besh yildan keyin mana, kecha ko’rishib qoldik.
Chet elda ishlabti, o’tda hammasi zo’r ekan,
“No” ustidagi kiyim oxirgi marta ko’rganimdaka.
Balki u kiyim omad olib keladigandandir,
Nima bo’lgan taqdirda ham qolib ketmabti,
“Samiy glavniy” sog’-omon, onasining oldida,
Yuzlari yorug’ bo’ldi, endi yo’q har xil gaplar mahallada.
Bittasi o’qishga kirolmaganini tushida ko’ribti, “karochi”,
Asli byudjetga kirib ketibti, “malochi”.
Keyingi tushida Damasni yotvolib haydabti,
Endi mashinali bo’lib qolaman deb o’ylabti.
Anuning adasi bo’lsa avtobuslarda tiqilib,
O’g’lim siqilmasin, deb qarzga botib ketibti.
O’qishga kirolmaganiga mashina olib beribti,
Yaxshi haydashni bilmasdi o’g’li,
Byudjetga kirgan studentni yo’lda urdi.
Urganda ham “pryamoy skoriy pomosh” Damasiga,
Odam falokat oyoq ostidaligini bilmas ekan.
Endi student komada birinchi marta,
“Shumaxer”ning adasi bo’lsa, infarkt bilan qo’shni palatada.
Hayot sanda zo’r bo’lsa,
Dushman charxlarkan pichoqni olar,
Bozordan nevarasiga olar o’yinchoqlar.
Baxt-quvonchga to’lsa, jigarlaring ko’zi hasad,
Yov bo’lish o’rniga avjiga chiqvottiku hozir.
Hayron bo’lma anu qiz boshqasi bilan turganiga,
Qo’shnim pushaymon bo’ldi o’zi uni olganidan.
“Da”, ajrashdi, “prikin”, nima uchun degin,
Supurgimas “pilesos” kerak ekan, kir sovunmas, kir moshina ekan.
Ana sanga, to’ylar muborak bo’lsin,
Endi “otdelniy” yashasa ham, farzand sog’ bo’lib tug’ilsin.
A manda hammasi zo’r chetdan olib qaraganda,
Hayotdan “dovolniy”man, “ya jivu normalno”.
Mashina yo’q, “zato” bor oyoq,
Biznes yo’q, “zato” qorin to’q.
Ish bor, oylik bor, ko’pi kerakmas, bori yetadi,
Soliqdan qarziz bor, deb eshik hali taqillamadi.
Uylanish ham yaqinlashvotti kundan kunga,
Uchrashuvga chiqdim, tezlashib qolar deb to’ylar.
Kafeda ko’rishdim, qatdadir ko’rganman deb hazillashdim,
“I poshlo, poexaly somneniya”lar.
“Yo’g’e, po’g’e”, “ne mojet bit”,
Uydan chiqmayman, uydagi ishlarni qilib, deb.
“Karochi” unga telefon bo’lib qoldi,
Sevgi-muhabbat “tema”sida ringtoni.
O’rnidan turib gapirib tashladi,
Uzr, “tipa tam” manga yoqmadiz.
Kafeni oldida to’xtadi qanaqadir matiz,
O’tirdi-ketdi nima sababdan, bilmadim.
“Atak” yaxshi qizga o’xshagandi,
A hop mayli, “poxodu” man yoqmapman desam,
Ana bir soatdan keyin “klinika”da ko’rishib qoldikku yana.
Man “zubnoy”ga, u “UZI”ga “ochered” olib turgan ekan,
“Poxodu” anu matizdagi “budushiy paxan” ekan, ana sanga!
Hayotda xato qilsang, san siqilma,
Hayot to’xtamadi, o’zgartirish o’z qo’lingda.
Shunaqa gaplar, o’rtoq, yaxshi yomoni bor,
“Muzika”ni o’chir, svetaforning uyog’i mozor.
Hayot sanda zo’r bo’lsa,
Dushman charxlarkan pichoqni olar,
Bozordan nevarasiga olar o’yinchoqlar.
Baxt-quvonchga to’lsa, jigarlaring ko’zi hasad,
Yov bo’lish o’rniga avjiga chiqvottiku hozir.