Шахзода — To’rt qadam
Слушать Шахзода — To’rt qadam
Текст Шахзода — To’rt qadam
Sog‘inchim — o‘zing, jonim, bilasanmu?
Mehrim senda, jonim, sezasanmu?
Seni ko‘rgim keladi,
Dunyoda yakka o‘zimniki degim keladi.
To‘rt qadam qoladi yetishga senga.
To‘rt qadam qoladi yetishga menga,
Lekin chekinamiz nega orqaga?
Qo‘rqamizmi baxtli bo‘lishga?
Nega ishonmayman o‘zimga,
Nega ishonmaysan o‘zingga?
Axir, balki, bu taqdir,
Taqdir balki bu, axir.
Ko‘z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi, sen bo‘lmasang kim,
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni?
Unutishga intildim seni, jonim,
Unutishga intilding meni, zorim.
Ma’no bormi, qalbimiz vayron axir,
Ayriliq azobi qanchalik og‘ir.
Nega ishonmayman o‘zimga,
Nega ishonmaysan o‘zingga?
Axir, balki, bu taqdir,
Taqdir balki bu, axir.
Ko‘z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi, sen bo‘lmasang kim,
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni?
To‘rt qadam qoladi yetishga senga.
To‘rt qadam qoladi yetishga menga,
Lekin chekinamiz nega orqaga?
Qo‘rqamizmi baxtli bo‘lishga?
Nega ishonmayman o‘zimga,
Nega ishonmaysan o‘zingga?
Axir, balki, bu taqdir,
Taqdir balki bu, axir.
Ko‘z yoshlarim tomadi tim-tim,
Qalbim eziladi, sen bo‘lmasang kim,
Kim senchalar sevadi meni,
Kim menchalar asraydi seni?